Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz

Samarqand davlat chet tillar instituti

Korrupsiyaga qarshi kurashish tobora qat’iy bo’lib borayotgani, bu borada to’xtovsiz profilaktik tadbirlar tashkil etilayotganiga qaramay, hanuzgacha oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kiritib qo’yish masalasi bilan bog’liq firibgarlik yoki korrupsiya holatlari aniqlanib turibdi.

Oxirgi bir oy ichida ta’lim sohasi bilan bog’liq bo’lgan 10 ga yaqin holat aniqlangan. Bu esa oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimi hamda oliy ta’lim muassasalari obro’siga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda joriy yilning 28-iyul kunida soat 12:00da  Samarqand davlat chet tillar institutida ZOOM dasturi orqali “Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida onlayn uchrashuv bo’lib o’tadi. Barcha professor-o’qituvchilar, mutaxassis-xodimlar, talabalar va boshqa qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Manba: Axborot xizmati

Share:
2020-07-26 11:00:00 107