SamDCHTI jamoasi Qurbon hayiti munosabati bilan saxovat va ko’mak ishlarini amalga oshirdi

Yurtimzida 2020-yilning 31-iyul kuni Qurbon hayiti bayrami nishonlanadi. Muborak Qurbon hayiti mohiyatida mujassam bo‘lgan xayr-u saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish xalqimizga xos bo’lgan insoniy fazilatlardan hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari institutda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xorijlik mutaxassislar va xorijlik talabalar holidan xabar olishdi hamda xalqimizga xos bo‘lgan sahovat va ko’mak ishlarini amalga oshirishdi. Ma’lumki, ular hozirda karantin holatida ta’tilni o‘tkazishmoqdalar.

Ularga yetarli darajada barcha imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, Wi-Fi zonasi tashkil etilgan, har bir xonaga televizorlar o‘rnatilgan, ARM va AKT xonalarining faoliyati ta’minlangan.

Yurtimiz bo‘ylab hozirda COVID-19 virusiga qarshi kurashayotgan saxovatpecha xalqimiz og‘ir sinovlarni boshdan o‘tkazishmoqda. Vatandoshlar, biz, albatta, bu sinovlarni yengib chiqamiz. Oldin ham mehnatkash xalqimiz ko‘plab og‘ir sinovlarni yengib o‘tgan. Birdam bo‘laylik, birgalikda harakat qilaylik.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Manba: Axborot xizmati

Share:
2020-07-30 14:00:00 107