Har yili tashkil etilib kelinayotgan “Xitoy tili ko’prigi” musobaqasi Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan o’tkazild. Bu yilgi musobaqa uchun “Osmon ostidagi bir uy” bosh mavzu sifatida tanlab olindi. Hozirgi kun, dunyo pandemiyasi tufayli musobaqa onlayn ZOOM platformasida o’tkazildi. Musobaqada O’zbekistonning 4 ta oliygoh talabalaridan tanlab olingan umumiy 12 nafar talaba munosib qatnashdi.
Samarqand chet tillari institutidan ham 3 nafar talaba, jumladan, Qobilova Shahnoza, Qobilova Maftuna va Vaxabova Niginabonular ishtirok etishdi. 3 soat davom etgan shiddatli musobaqa jarayonida barcha ishtirokchilar o’zlaridagi bilim va tajribalarini ishga solishdi. Musobaqa so’ngida esa eng bilimdon va eng zukko talabalar rag’batlantirildi. Samarqand davlat chet tillar instituti nomini himoya qilayotgan Vaxabova Niginabonu faxrli 2-o’ringa, Qobilova Maftuna va Qobilova Shahnozalar esa 3-o'rinlarga munosib deb topildi.
Xitoy Xalq Respublikasi va O’zbekiston Respublikasining uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan diplomatik va qo’shnichilik aloqalarini hamda “Bir makon, bir yo’l” loyihasini rivojlantirish yo’lida mana shunday musobaqalar mustahkam ko’prik vazifasini bajarib kelmoqda.
__________
SamDCHTI axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain

