Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi tasdiqlandi

Samarqand davlat chet tillar instituti

Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi tasdiqlandi

Prezident qarori (PQ–4881, 04.11.2020 y.)ga muvofiq, 2021 yildan har ikki yilda bir marta kurash bo'yicha:

— oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida xalqaro musobaqa;
— xorijiy davlatlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar o'tkaziladi.

— 2020 yildan har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o'rtasida “O'zbek polvoni” respublika musobaqasi o'tkaziladi.
— 2021–2025 yillarda kurash mahorat maktablari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
— 2021/2022 o'quv yilidan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, maktab-internatlari va sport maktablarida kurash bo'yicha o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.

Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi tasdqilandi.

Konsepsiyada, jumladan, 2028 yilda kurashning Xalqaro olimpiya o'yinlari dasturiga kirishiga erishish ko'zda tutilgan.

Share:
2020-11-05 14:55:00 104