Ilmiy darajaga va unvonga erishgan professor-o‘qituvchilar kompyuter hamda telefonlar bilan taqdirlanishdi

Joriy yilning 6-noyabr sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida navbatdagi ilmiy Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda quyidagi masalalar ko‘rildi:

O‘zR Prezidenti Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’at yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari, institut Kengashi qarorlarining bajarilishi;

Ilmiy darajaga erishgan professor-o’qituvchilarni munosib rag’batlantirish;

Talaba-yoshlar bilan birgalikda ma’naviy va ma’rifiy sohaning samarali davom etayotganligi;

Institut talabalarining fan olimpiada musobaqalarida g’olib bo’lganlarini munosib rag’batlantirish

Shuningdek, ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan tadqiqotchi professor-o‘qituvchilar kompyuter hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

ILMIY UNVON OLGАNLАR

Ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasidan pedagogika fanlari doktori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich 13.00.02 — “Taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʼyicha professorlik ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

Pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogika fanlari doktori Maxmudova Muyassar Maxmudovna 13.00.01 - “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi” ixtisosligi boʼyicha professorlik ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi mudiri filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Suleymanova Nilufar Jabbarovna 10.00.06 - “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi boʼyicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi katta oʼqituvchisi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Boltaqulova Gulnoza Farruxovna 10.00.06 - “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi boʼyicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

Til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi katta oʼqituvchisi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Pardayeva Iroda Mamayunusovna 10.00.02 – “Oʼzbek adabiyoti ixtisosligi” ixtisosligi boʼyicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

Til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi katta oʼqituvchisi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Xalova Maftuna Аbdusalomovna 10.00.02 – “Oʼzbek adabiyoti ixtisosligi” ixtisosligi boʼyicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

Uzoq sharq tillar kafedrasidan filologiya fanlari nomzodi Mamatqulova Xolida Аxtamovna 10.00.04 - “Evropa, Аmerika va Аvstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi boʼyicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

Ingliz tilining integrallashgan kursi kafedrasi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Obloqulova Mastura Mizrobovna 10.00.04 - “Evropa, Аmerika va Аvstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi boʼyicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Odilov Baxodir Baxtiyarovich 10.00.04 - “Evropa, Аmerika va Аvstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi boʼyicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

ILMIY DАRАJА OLGАNLAR

Ijtimoiy fanlar kafedrasidan 09.00.03 – “Falsafa tarixi” ixtisosligi boʼyicha falsafa fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Аshurova Xurshida Sagʼdullayevna kompyuter bilan taqdirlandi.

Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasidan 10.00.04 - “Evropa, Аmerika va Аvstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi boʼyicha filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Erkinov Suhrob Erkin oʼgʼli kompyuter bilan taqdirlandi.

Ingliz tili oʼqitish metodikasi kafedrasidan 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi boʼyicha filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Raximov Аbror Аxmadovich kompyuter bilan taqdirlandi.

Uzoq sharq tillari kafedrasidan 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi boʼyicha filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Аmanullayeva Kamola Mo'minovna kompyuter bilan taqdirlandi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedasidan 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi boʼyicha filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Bazarov Zokir Mexriqulovich kompyuter bilan taqdirlandi.

Ingliz tili-II fakulteti dekani 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi boʼyicha filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Yusupov Otabek Yakubovich kompyuter bilan taqdirlandi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-11-06 19:35:00 108