Maktablar bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabr kuni qabul qilingan PF-6108-sonli “Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
 
Xalq taʼlimi tizimida yoshlarning ongiga milliy gʼurur va istiqlol mafkurasi gʼoyalarini singdirish, mustaqilligimiz qadriyatlarini asrab-avaylashga qodir munosib vorislar tarbiyalash, xorijiy tillarga boʼlgan qiziqishni yanada oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish maqsadida SamDChTI ingliz tili II fakulteti “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi mudiri hamda kafedra aʼzolari L.Аbdullayeva, N.Sadiyeva, N.Suleymanova, N.Аshurova, S.Shodiyev, А.Аmonov va M.Baxriddinovalar ishtirokida 21-umumiy oʼrta taʼlim maktabida targʼibot tadbiri va master klasslar oʼtkazishdi. 
 
Uchrashuv davomida chet tillarni oʼrganishda oʼquvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish masalalari ham koʼrilgan boʼlib, unda mazkur tamoyillarning mohiyati va ahamiyati haqida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Shu sohaga oid turli fikrlar tahlil qilindi, oʼquvchilarning individual-psixologik xususiyatlari mazmuni yoritildi.
 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2020-11-20 09:50:00 114