DLL – Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish” dasturi bo‘yicha hamkorlik

GYOTЕ INSTITUTI bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risida:

2021 yilda SamDCHTIning 6 nafar o‘qituvchi Germaniyaning Gyote instituti tomonidan tashkil etilgan onlayn malaka oshirish kursida ishtirok etishdi. 2022 yil 10 mart kuni SamDCHTIda Toshkentdagi Gyote Instituti bilan hamkorlikda “Nemis tili o‘qituvchilarining Mobil anjumani” tashkil etildi. Anjumanda Samarqand viloyatidagi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining 90 nafar nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Anjuman doirasida Gyote Instituti tomonidan SamDCHTIga 7 xil nomdagi jami 100 dona nemis tilini o‘qitish bo‘yicha qo‘llanmalar taqdim etildi. Toshkentdagi Gyote Instituti bilan hamkorlikda institutning “Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili” yo‘nalishi talabalari uchun 2022 yildan boshlab «Nemis tilini o‘qitishni o‘rgatish» (DLL) fani tadbiq etilgan. Toshkentdagi Gyote Instituti tomonidan SamDCHTIda amalga oshirilayotgan “Nemis tilini o‘qitishni o‘rgatish” (DLL) loyihasi to‘g‘risida 2022-yilda SamDCHTI Roman-german tillari fakulteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi hamda Toshkent shahridagi Gyote Instituti filiali o‘rtasida “DLL – Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish” dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga asosan 2022-2023 o‘quv yilida bakalavriat bosqichi 4-kurs talabalariga “DLL 5 “O‘quv materiallari va media vositalari” tanlov fani (20 soat ma’ruza va 20 soat seminar) hamda magistratura 1-kursda “DLL 6 “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (30 soat ma’ruza va 30 soat seminar) fani o‘qitildi. Ushbu tanlov fanida foydalanish uchun Gyote instituti tomonidan 6 turdagi (DLL 1/ DLL 2/ DLL 3/ DLL 4/ DLL 5/ DLL 6) darsliklar 15 nusxadan, ya’ni 90 ta darslik hamda 10 ta glossar SamDCHTI kutubxonasiga sovg‘a qilindi. 2023-yil dekabr oyida ushbu hamkorlik shartnomasi ikki yilga uzaytirildi. 2023-2024 o‘quv yilida bakalavriat 4-kurslarda DLL 5 “O‘quv materiallari va media vositalari” tanlov fani (30 soat ma’ruza va 30 soat seminar) o‘tildi. 2024-2025 o‘quv yilida o‘quv rejasida “O‘quv va media materiallari” Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” faniga 30 soat ma’ruza hamda 30 soat seminar hisobida 3-bosqichga qisman kiritildi. Shu o‘quv yilida Gyote instituti tomonidan DLL 5 kitobining yangi nashri, 15 ta kitob institutiga sovg‘a qilindi. Bundan tashqari DLL mavzularini o‘rganayotgan talabalar yutuqlari uchun sovg‘a salomlar ham sovg‘a tariqasida jo‘natidi. 2025-2026 o‘quv yillar o‘quv rejasida “O‘quv dasturi va darsni rejalashtirish ”Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” faniga 1-semestr 24 soat ma’ruza va 24 soat seminar hisobida 3-bosqichga kiritilgan. 2-semestrda ham shunday o‘quv soatlarini qamrab olgan.

 

Share:
2026-11-09 18:08:12 29