Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili II fakultetida “Yangi Oʼzbekiston – yangicha dunyoqarash” deb nomlangan tantanali tadbir dasturi tashkil etildi. Unda yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor O.Gʼaybullayev, fakultetning dekani O.Yusupov, dekan o'rinbosari Q.Hakimov hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirni yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor O.Gʼaybullayev kirish so'zi bilan ochib berdi va oʼz nutqida yurtimizda, xususan, viloyatda bo'layotgan o'zgarishlar, ta'limga aloqador qabul qilinayotgan farmon hamda qarorlar, xorijiy tillarning hayotdagi oʼrni, ilm-fan va taʼlim tarbiyaga qaratilayotgan eʼtibor, talaba-yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida gapirib o'tdi.
Dastur davomida tomoshabinlarga institut hayoti va faoliyati bilan bogʼliq bo'lgan ajoyib videorolik havola etildi. Аyniqsa, institut talabalari tomonidan kuylangan jonli ijrodagi “Ustozlar” qoʼshigʼi barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbirda iqtidorli talabalar ijrosida Vatan haqidagi sheʼr hamda monologlar oʼqildi.
Ushbu tadbir yoshlardagi vatanparvarlik ruhini kuchaytirish va shu bilan bir qatorda ularga maʼnaviy hordiq ulashish maqsadida o'tkazildi.
Ma'mura Nortojiyeva
"Jurnalist talaba" klubi a'zosi
Share:
2020-11-19 11:15:00
105
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain





