2020-yilning 2-dekabr kuni Janubiy Koreyaning Sangshin ayollar universitetining xorijlik talabalarni jalb etish boʼyicha menejeri Sanguk Bik Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Jumladan, tashrif davomida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda SamDCHTI tomonidan xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i B.Berdialiyev hamda qo’shma ta'lim dasturlari bo’limi boshlig’i X.Muzropov va boshqalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv doirasida Sangshin ayollar universiteti va SamDCHTI hamkorligida koreys tili yoʼnalishi boʼyicha “2+2” hamda “1+3” shaklidagi qoʼshma taʼlim dasturlarini tashkil etish borasida muzokaralar olib borildi. Ushbu ta’lim dasturlarida ikki OTMda ham talabalar “Filologiya va tillarni oʼqitish: koreys tili” yoʼnalishi boʼyicha oʼqiydi. Dasturni tashkil etish borasidagi takliflar ikkala oliy ta’lim muassasalari tomonidan qo’llab-quvvatlandi hamda amalga oshirilishi lozim bo’lgan rejalar, vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, hamkorlikni o’rnatish borasidagi bo’lib o’tgan uchrashuvda kelgusida talabalar hamda professor-o’qituvchilar almashinuvini tashkil etish, ularning tajribasini, malakasini oshirish, jumladan, hamkorlikda koreys tili borasidagi o’quv adabiyotlari hamda qo’llanmalar yaratish kabilar yuzasidan fikr hamda mulohazalar almashinildi.
Ma’lumot sifatida aytish joizki, Sangshin ayollar universiteti va SamDCHTI oʼrtasida 2019-yilda hamkorlik memorandumi imzolangan.
SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2020-12-02 16:15:00
113
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain




