Vazir o’rinbosari: SamDCHTI talabalari uchun kompyuter texnologiyalarini mukammal tarzda o’rgatuvchi onlayn kurs tashki etiladi

Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste'dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e'tibor berishga bog‘liq bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yoshlar masalalariga bag’ishlangan alohida bobning mavjudligi ham kelajak avlodga qaratilgan muhim e’tibordan dalolatdir.

OTMlarda tahsil olayotgan, shuningdek, talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning hayot tarzini, takliflarini hamda fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida bugun, 4-dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Y.Absoatov Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir o‘rinbosari Y.Absoatov institut rektori I.Tuxtasinov bilan birgalikda talabalar va ularning o‘quv mashg‘ulotlari, turar joylari hamda ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Jumladan, jarayon doirasida talabalar o‘zlarining fikr hamda takliflarini vazir o‘rinbosari va institut rektori bilan o‘rtoqlashdi.

Vazir o‘rinbosari talabalarning bildirilgan takliflarini inobatga olib, endilikda mazkur institut ular uchun kompyuter texnologiyalarini o‘rgatuvchi onlayn kursning tashkil etilishini ma’lum qildi va bu borada institut rektori bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab oldi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

 

Share:
2020-12-04 18:05:00 102