Sportning “Shaxmat” turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqada qaysi jamoa g’olib bo’ldi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-303l-sonli Qarori hamda 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosini ta’minlash, shuningdek, institut rahbar-xodimlari, professor-o’qituvchilar va institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlar o’rtasida sportni targ’ib qilish, institutning iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularning sog'ligini mustahkamlash maqsadida an’anaviy XXVI spartakiada musobaqalari tashkil etilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan sport musobaqalariga institutning barcha talabalari va professor-o’qituvchilari jalb etilib, yuqori saviyada o’tkazilmoqda.

Sportning “Shaxmat” turi bo’yicha o’tkazilgan ushbu musobaqada Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german tillari fakulteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, Ingliz tili-I va Ingliz tili-II fakultetlari jamoalari, jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi hamda “Rektorat” jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqada mohirlik bilan ishtirok etgan “Rektorat” jamoasi mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-12-18 17:10:00 104