Spartakiada sport musobaqasining navbatdagi bosqichi

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Spartakiada sport musobaqasi institut tashkil topgandan buyon har yili o‘tkazilib kelinadi. O‘zingizga ma’lum, Mustaqillik hosilasi bo‘lgan Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-noyabrdagi Farmoni bilan rasman tashkil etilgan. Demak, hozirgi kunga kelib, institutda spartakiada musobaqasining XXVI marotaba o‘tkazilishidir.

Samaraqand davlat chet tillar institutida joriy yilning 23-dekabr kuni XXVI spartakiada musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha saralash bosqichi o‘tkazilib, unda institut hamda institut akademik litseyining professor-o‘qituvchilari, xodimlari ishtirok etishdi.

Ushbu saralash bosqichini tashkil etishda SamDCHTIning “Sport klubi” hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbuskorlik ko‘rsatishdi.

Ahamiyatlisi, bu yilgi musobaqalar har yilgidan ham ko‘ra ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda. Jumladan, saralash bosqichi ayollar o‘rtasida ham, erkaklar o‘rtasida  ham alohida jamoalarga bo‘lingan holda bo‘ldi. Erkaklardan 6ta jamoa qatnashdi. Jamoalar quyidagilar:

  • Rektorat jamoasi
  • Ingiliz tili-I jamoasi
  • Ingliz tili-II
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti jamoasi
  • Roman-german tillari jamoasi
  • Samaraqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi jamoasi

Ayollar jamoalari esa quyidagilar:

  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti jamoasi
  • Ingiliz tili-I jamoasi

Bo‘lib o‘tgan ushbu bosqichda faxrli birinchi o‘rinni “Ingiliz tili-I”, ikkinchi faxrli o‘rinni “SamDCHTI akademik litseyi” jamoasi, uchinchi faxrli o‘rinni “Rektorat” jamoalari egallashdi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, shu kabi musobaqalarning o‘tkazilishi salomatligimizga, sog‘ligimizga foydali bo‘libgina qolmasdan, ko‘ngil ochar dastur ham hisoblanib, madaniy hordiqdir. Agar siz ushbu musobaqalarda ishtirok etmagan bo‘lsangiz, keyingilarida, albatta, ishtirok etishingizni tavsiya etamiz.

 

Sitora ASQAROVA,

Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasi.

Share:
2020-12-23 19:05:00 96