Spartakiada: Sportning “Voleybol” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi

Samaraqand davlat chet tillar institutida 2021-yilning 13-yanvar kuni XXVI spartakiadasining 3-tur, “Voleybol” musobaqasi bo’lib o’tdi va unda institut hamda institut akademik litseyining professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xodimlari ishtirok etishdi.

Bo‘lib o‘tgan ushbu bosqichda faxrli birinchi o‘rinni “Ingiliz tili-I”, ikkinchi faxrli o‘rinni “Rektorat” jamoasi, uchinchi faxrli o‘rinni “SamDCHTI Akademik litseyi” jamoalari egallashdi.

Ahamiyatlisi, bu yilgi musobaqalar har yilgidan ham ko‘ra ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda. Shu kabi musobaqalarning o‘tkazilishi salomatligimizga, sog‘ligimizga foydali bo‘libgina qolmasdan, ko‘ngil ochar dastur ham hisoblanib, madaniy hordiqdir. Agar siz ushbu musobaqalarda ishtirok etmagan bo‘lsangiz, keyingilarida, albatta, ishtirok etishingizni tavsiya etamiz. Navbatdagi musobaqa sportning “Basketbol” turi bo’yicha 2021-yilning 20-yanvar kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-01-13 18:35:00 112