O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda.
Jumladan, SamDCHTI va AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan “Fulbright English Teaching Assistant” loyihasi doirasida AQSHlik ingliz tili mutaxassisi Ashley Marion Lane xonim Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat boshladi.
Hozirda Ashley Marion Lane xonim o‘z faoliyatini Ingliz tili-II fakultetida davom ettirmoqda. Shuningdek, uning ishtirokida fakultetda “English speaking club” tashkil etildi. Ushbu klubni tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarning ingliz tilida gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish, asliyat tilidagi tovushlarni nutqda to‘g’ri qo‘llash va nutq ravonligini oshirish, shuningdek, to‘garakda tashkil etilgan darslarda talabar ingliz tilida so‘zlovchi xalqlar madaniyati bilan yaqindan tanishish hamda o‘zlariga qiziqarli bo‘lgan mavzularda suhbat olib borishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat bo‘ldi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain




