Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ijarada turuvchi talablar bilan uchrashdi

Kecha, 3-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov institutda tahsil olib, ijarada yashayotgan talabalar holidan, yashash joyining sharoitidan xabar  olish uchun bordi.

Jarayon davomida rektor talabalar bilan suhbatlashdi, ularning takliflarini tingladi. Shuningdek, hozirda ta’lim olish bilan bir qatorda ilmiy izlanishlar, maqolalar yozish, nomdor davlat stipendiyalariga erishish, respublika va xalqaro tanlovlarida ishtirok etish, oliy ta’limdan keyingi ta’limlarni ham olish borasida yo’l-yo’riqlar ko’rsatdi hamda tushunchalar berib o’tdi.

Jumladan, o’rganish jarayonida yashash sharoiti talabga javob bermaydigan talabalar barcha imkoniyatlari bor ijara uylariga ko’chirildi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga institut rektoridan atroflicha javoblar olishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-04 11:25:00 102