Sportning “Qo’l to’pi” turi bo’yicha talabalar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqa g’oliblari aniqlandi
Samarqand davlat chet tillar institutida 2021-yilning 10-mart kuni XXVI spartakiadasining “Qo’l to’pi” musobaqasi talabalar o’rtasida bo’lib o’tdi.
Bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqada (qizlar o’rtasida) faxrli birinchi o‘rinni Roman-german tillari fakulteti talabalari, ikkinchi faxrli o‘rinni Ingliz tili-II fakulteti talabalari, uchinchi faxrli o‘rinni Ingliz tili-I fakultetlari talabalari egallashdi.
O'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqada birinchi o'rinni Roman-german tillari fakulteti, ikkinchi o'rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, uchinchi o'rinni Ingliz tili-I fakulteti talabalari egallashdilar.
Navbatdagi musobaqa sportning “Milliy kurash” turi bo’yicha 2021-yilning 17-mart kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain





