AQSHlik mutaxassis SamDCHTIda o’z faoliyatini boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda.

Shu jumladan, joriy yilning 17-mart kuni AQShlik ingliz tili mutaxassisi Robert Dunn Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi va institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov qabulida bo’ldi.

Tashkil etilgan uchrashuv doirasida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan fikr hamda takliflar almashinildi. Jumladan, Ilxomjon Tuxtasinov Robert Dunni o’zining tarjima asarlari bilan tanishtirdi va asarlardan birini unga sovg’a tariqasida tuhfa qildi.

Robert Dunn ertadan boshlab Ingliz tili-II fakultetining “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasida ingliz tili o’qituvchisi sifatida o’z faoliyatini boshlaydi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-17 18:30:00 113