Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.Yusupov Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Samarqand viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov ochib berdi.
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga A.Yusupov atroflicha javob berdi. Uchrashuv qizg‘in muhokama va munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Jumladan, ilmiy ishlar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, doktorlik ishlari to‘g‘risida batafsil fikr hamda takliflar almashinildi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain




