Sohibqiron poyiga gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi

Amir Temur dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, o‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi. Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli siyosatchi, hayoti davomida biror marta raqibga yengilmagan buyuk inson.

9-aprel kuni, Amir Temurning tavallud kuni har yili yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Shu munosabatda bugun Samarqand viloyat hokimi ishtirokida respublikamiz Qurolli Kuchlari vakillari, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ta’lim muassasasi tashkilotlari hamda davlat tashkilotlari xodimlari sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yishdi.

Amir Temur haqidagi qisqacha

  • Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.
  • Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.
  • 1398-1399 yillar davomida Amir Temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shinining tarkibini 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.
  • 20 yil davomida Usmonli sultonlar qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan.
  • Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Vizantiya, Angliya, Fransiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan.
  • Ayni paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-04-09 08:45:00 113