Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Samarqand shahar “Do‘stlik” mahallasidagi xorijiy tillarni o‘qitadigan " "Intellekt education" o‘quv markazining ochilish marosimida ishtiroki chog‘ida mahalla yoshlariga ingliz tilidan ilk dars-mashg‘ulotini rektorning o‘zi o‘tib berdi.
Shuningdek, sportning “Shaxmat” hamda “Stol tennis” turlaridan tashkil etilgan sport musobaqalarida ham ishtirok etib, bolajonlarga ular uchun qiziqarli bo‘lgan kitoblarni “rektordan esdalik” dasxati bilan sovg‘a qildi.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida shuni ham alohida ta’kidlab o‘tamiz, “Do‘stlik” mahallasida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan "Intellekt education" o‘quv markazi tashkil etildi. Ushbu markazda haftaning belgilangan kunlarida bir nechta xorijiy tillardan dars-mashg‘ulotlari olib boriladi.
Jumladan, mahalla yoshlarining bo‘sh vatqlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni sportga qiziqtirish maqsadida sportning “Stol tennis”, “Shaxmat”, “Shashka” hamda “Futbol” turlari bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklar ham o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain







