“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda

“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Samarqand davlat chet tillar institutining “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qo‘shrabot tumanidagi “Qo‘shrabot”, “Navkat”, “Shavo”, “Pangat”, “Qoratosh”, “Qovunchi”, “Ozod”, “Boshpurushli”, “Chinoq”, “Minishkor”, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turganlar bilan suhbat o‘tkazib, ularga ma’naviy homiy sifatida o‘zlarining tavsiya va maslahatlarini berishdi.

25-may kuni institut jamoasi 89-maktab binosida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan besh muhim tashabbusning ijrosi bo‘yicha ham suhbat olib borishdi.

“Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi o‘qituvchisi L.Qudratov o‘z nutqida asosiy e’tiborni mahallalardagi yoshlar masalasiga qaratdi hamda mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ish bilan bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-muhiyati to’g’risida so’z yuritdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-05-25 16:30:00 120