Yaponiya Kyoto universiteti vakillari bilan uchrashuv

26-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Yaponiya Kyoto universiteti Ta’lim fakulteti dekani prof. Hitoshi Sugimoto rahbarligidagi prof.Nanbu Xifotaka, Kengo Shiroganelardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar Respublikamizdagi maktablarda, akademik litseylarda hamda oily ta’lim muassasalarida chet tillarining o‘rgatilishi, institutimizning ta’lim yo‘nalishlari va ularda o‘tiladigan xorijiy tillar, xususan, yapon tilining o‘rgatilishi, shuningdek, xorijlik talabalar uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinish jarayonlariga qiziqish bildirishdi.

Kyoto universiteti Yaponiyaning nufuzli universitetlaridan biri bo‘lib, u Samarqand davlat chet tillar instituti bilan kelgusida ta’lim sohasida hamkorlik o‘rnatish borasida kelishuvga erishdi.

Uchrashuvdan so‘ng Kyoto universiteti delegatsiyasi a’zolari bilan institut yapon tili o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida davra suhbati tashkil qilindi.

Share:
2018-09-27 10:00:00 91