Narpay tumanida Samarqand davlat chet tillar institutining “Mintaqa til o‘qitish markazi” filiali ochildi

Bugun Narpay xizmat ko‘rsatish texnikumida tashkil etilgan Samarqand davlat chet tillar instituti “Mintaqa til o‘qitish markazi”  filialining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Narpay tumani hokimi Sherzod Rahmonov hamda mahalliy aholi vakillari so’zga chiqishib, narpayliklarni yaratilayotgan bunday imkoniyatdan oqilona foydalanishga chorlashdi.

Chekka tuman va qishloqlardagi yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil qilingan ushbu markazda abituriyentlar uchun barcha qulayliklar yaratilib, zamonaviy jihozlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlandi. Markaz 200 dan ortiq abituriyentga chet tillari, ijtimoiy-gumanitar hamda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishga mo’ljallangan.

Ushbu o‘quv markazi har kuni ikki navbatda faoliyat olib boradi. Unda 10 dan ortiq malakali til mutaxassislari hamda fan o‘qituvchilari abituriyentlarga saboq berishadi.

Kelgusida mazkur mintaqa til o‘qitish markazi filialida o‘quvchi-yoshlarni IELTS va SEFR xalqaro hamda milliy sertifikatlarga o‘qitish kurslarini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-06-18 10:05:00 121