“Salom, oliy dargoh — safimizga chorlaymiz”

Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olishni boshlagan 1-boshqich talabalari sharafiga 28-sentabr kuni Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida “Salom, oily dargoh – safimizga chorlaymiz” shiori ostida katta tadbir o‘tkazildi. Tadbir boshlanishida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi barcha qatnashchilar ishtirokida ijro etildi. Tadbirni institutimiz prorektori F.Ro‘ziqulov ochib berib, 1-bosqich talabalariga o‘qish davomida muvaffaqiyatlar, metin-iroda, kuch va g‘ayrat tilab, ularni chin dildan qutladi.

Tadbir davomida Rahbariyatimiz tomonidan 1-boshqich talabalariga talabalik guvohnomasi topshirildi. Shuningdek, Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom festivalida ishtirok etgan institutimiz talabalari ham alohida sovg‘a-salomlar bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida ko‘ngilochar raqs va musiqalar, qo‘shiqlar ijro etildi hamda Tajimonlik fakulteti ishtirokchilaridan iborat “Samulmori” ansambli tomonidan koreys milliy musiqasi ijro etildi.

Share:
2018-09-29 17:50:00 91