Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 13-aprel kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishining 18-son bayonida belgilangan vazifalar hamda 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutining Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti hamda Samarqand shahridagi “Hunarmandlar” mahallasi o’rtasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.
Shuningdek, fakultet jamoasi tomonidan mahalla aholisining ijtimoiy holati o’rganildi va mahalla faollari bilan o’zaro kelishuv asosida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Jumladan, mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, sportga va bilim olishga qiziquvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida turli xil sport musobaqalari va til o’qitish kurslari tashkil etildi.
Jumladan, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti “Uzoq sharq tillari” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Ingliz tili” va “Yapon tili” kurslarida mahalla yoshlari hamda qiziquvchilari o’zlarining til ko’nikmalarini oshirishmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain




