Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019Fil/Ped.83.01 raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2021-yil 28-iyul kuni bo’lib o’tdi. Unda quyidagi dissertatsiyalar himoyasi o’tkazildi.
1. Jizzax davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi Muhamedov Azizbek Xolmurat o‘gʻlining 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “XX asr Yevropa va o‘zbek tarjimashunosligining taraqqiyot prinsiplari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi.
Rasmiy opponentlar:
– Filologiya fanlari doktori, dosent U.D. Qarshiboyeva
– Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) U.R.Yo‘ldoshyev
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
2. Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchisi Rustamova Adash Eshonqulovnaning 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o’qitishda talaffuzni o’zgartirish va rivojlantirish (ingliz tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi.
Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari doktori, professor G.X.Bakiyeva
Rasmiy opponentlar:
– Pedagogika fanlari doktori, professor M.M.Maxmudova
– Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori G’.Sh.Tajibayev
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain









