Samarqand davlat chet tillar institutining magistratura mutaxassisliklariga o’qishga kirish maqsadida hujjat topshirgan abituriyentlar uchun mutaxassislik fanidan bo’lib o’tayotgan imtihonlarning 3-navbatdagisi ham yakuniga yetdi.
3-navbatdagi (smenadagi) imtihonlar “Lingvistika (nemis tili)” va “Lingvistika (italyan tili)” mutaxassisliklari uchun o’tkazilib, unda 7-, 8-, 9-guruhdagi abituriyentlar test topshirishdi.
Imtihon jarayonlariga jami bo’lib 88 nafar abituriyent qatnashishi belgilangan. Vaholanki, 16 nafar abituriyent imtihonga kelmadi, shu sababli 72 nafar talabgorlar imtihon jarayonlarida ishtirok etishdi.
Hurmatli abituriyentlar, testlarni yechish uchun 2 soat 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Test natijalarini bir necha kunlab kutmaysiz, shu vaqtning o’zida bilib ketishingiz mumkin.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain










