2021/2022 o’quv yili uchun Samarqand davlat chet tillar institutiga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) kontrakt asosida abituriyentlardan arizalarni qabul qilish boshlandi

Hurmatli abituriyentlar, 2021/2022 o’quv yili uchun Samarqand davlat chet tillar institutiga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) kontrakt asosida abituriyentlardan arizalarni qabul qilish ertaga, 20-sentabrdan boshlanadi va 1-oktabr kuniga qadar davom etadi.

Tabaqalashtirilgan (super kontrakt) kontrakt asosida arizalarni  QUSHIMCHA.SAMDCHTI.UZ  platformasi orqali topshirasiz. Arizlar ushbu platforma orqali faqat onlayn qabul qilinadi, oflayn qabul qilinmaydi.

"Super kontrakt"ning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;

1,05 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;

2,05 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;

3,05 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;

Diqqat, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

Eslatib o’tamiz: Siz 5 ta yo’nalishga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) kontrakt asosida ariza topshira olmaysiz, tanlagan 5 ta yo’nalishingizdan faqat bittasini tanlaysiz, aks holda arizangiz rad etiladi.

Ariza to’ldirayotganingizda “Qayd varaqasi”, “Javoblar varaqasi”, “Pasport nusxa” larining PDF  shaklini yuklashingiz lozim. Ariza topshirayotganda hujjatlarning to'liq  yuklanganligiga ishonch hosil qiling, agar hujjatlar to'liq yuklanmagan bo'lsa, arizaningiz qabul qilinmaydi.

Eslatib oʻtamiz: Qo’shimcha ma’lumotlarni institutning “Axborot xizmati” telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

Share:
2021-09-19 18:30:00 115