Samarqand davlat chet tillar institutida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qoʻshma ta’lim dasturlarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos test topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni va baholash mezonlari e’toboringizga havola qilinmoqda.
Qoʻshma ta’lim dasturlariga oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar ikkita fandan test topshirishadi. Batafsil ma’lumot uchun pastdagi jadvalga qarang.
Qoʻshma ta’lim dasturi asosida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarning test yechishlari uchun belgilangan umumiy vaqt – 90 daqiqa. Test sinovlari 2021-yilning 25-26 sentabr kunlari belgilangan auditoriyalarda kompyuterlarda oʻtkaziladi. Ta’lim yoʻnalishlari kesimida guruhlar hamda imtihon vaqtlari bir kun oldin "Axborot xizmati" telegram kanalida e’lon qilinadi.
Ikkinchi bosqich Davlat test markazi tomonidan o'tkazilib, unda siz chet tilidan imtihon topshirasiz. Qo'shimcha ma'lumotlar bo'lsa, muntazam xabardor qilib boramiz.
Qoʻshma ta’lim dasturi asosida magistraturaga oʻqishga kiruvchi talabgorlarning kirish sinovi topshiriqlari soni va baholash mezonlari havola etilmoqda.
Birinchi bosqich: Qoʻshma ta’lim dasturi asosida magistraturaga oʻqishga kiruvchi talabgorlarning kirish sinovi ogʻzaki suhbat shaklida 2021-yil 25-sentabr soat 11:00 da oʻtkaziladi. Suhbat jarayonlarida bevosita xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasasi vakillari ZOOM dasturi orqali ishtirok etishadi.
— Ta’lim yoʻnalishlari shifri va nomi 70230101 — Lingvistika (ingliz tili)
— Savollar soni — 5 ta
— Har bir toʻgʻri javob uchun beriladigan maksimal ball — 20 ball
— Maksimal ball – 100 ball
Ikkinchi bosqich Davlat test markazi tomonidan o'tkazilib, unda siz chet tilidan imtihon topshirasiz. Qo'shimcha ma'lumotlar bo'lsa, muntazam xabardor qilib boramiz.
Ta’lim yoʻnalishlari kesimida guruhlar hamda imtihon vaqtlari bir kun oldin "Axborot xizmati" telegram kanalida e’lon qilinadi.
Batafsil maʼlumot uchun telefon:
+998933562802
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain

