Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida institutda turli xil ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Institut Yoshlar Ittifoqi hamda Roman-german tillar fakulteti tashabbusida talabalar turar joyida doimiy ravishda o'tkazilib kelinayotgan "Zakovat" intellektual o'yini ham shular jumlasidandir.
Kecha, 22-sentabr kuni institutining talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi turi bo'lib o'tdi. Unda jami bo'lib 6 ta jamoalar ishtirok etdi. O'yinning yakuniy natijalarga ko'ra,
1-o'rinni "Everest" jamoasi
2-o'rinni "Perfekt" jamoasi
3-o'rinni "Diamond" jamoasi qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamizki, mazkur o'yin haftaning har chorshanba kuni talabalar turar joyida muntazam o'tkaziladi. Qiziquvchilar bo'lsa, ishtirok etishlari mumkin.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain






