Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari to‘g‘risida;
— Institut professor-o‘qituvchilari ilmiy salohiyatini oshirish va yoshlarni ilmiy-tadqiqotga jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
— Bitiruv malakaviy ishi mavzulari, ilmiy rahbarlari va maslahatchilarini tasdiqlash;
— Institutda ta’limning kredit-modul tizimini joriy etilish holati va galdagi muhim vazifalar;
— Ta’limning kredit-modul tizimi bo‘yicha 1-kursda tahsil olgan va fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan talabalar uchun tashkil etilgan “Yozgi semestr” natijalari to‘g‘risida;
— Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish kabilar.
Shuningdek, jarayon davomida ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan professor-o’qituvchilar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain









