Sinxron tarjima auditoriyasi tashkil etildi

Institutimizda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfusiy Instituti homiyligida 213055000 (ikki yuz o’n uch million ellik besh ming) sum qiymatga teng bo’lgan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan “Sinxron tarjima auditoriyasi” tashkil etildi

Mazkur “Sinxron tarjima auditoriyasi”ning tashkil etilishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan. 

“Sinxron tarjima auditoriyasi” 30 nafar talabaga mo’ljallangan texnik vositalar, ikkita tarjimon boshqaruv pulti, zamonaviy ovoz kuchaytiruvchi texnik qurilmalar, konferens aloqa vositalari, kompyuterlar va boshqa elektron moslamalar bilan jihozlangan bo’lib, ular o’uv jarayoni samaradorligini oshirish, yuqori malakala tarjimonlarni tayyorlashda juda muhim vositalardir.

Mazkur auditoriyada professor-o’qituvchi bir vaqtning o’zida bir necha talabalarga individual tarzda vazifalar berishi, ularning tarjima jarayoniga yondashuvi, berilgan tarjimani qay darajada bajarayotgani, muhimi, ularning bilimini baholash imkoniyatiga ega bo’ladi.

Share:
2018-10-16 15:25:00 92