Samarqand davlat chet tillar institutining faollar zalida bir guruh talabalar bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning dolzarb masalasi” hamda “Giyohvandlikka qarshi kurashish bugungi kunda har birimizning muhim vazifamizdir” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.G‘aybullayev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Abdurasulovlar ishtirok etishib, talabalarga mavzu yuzasidan tushunchalar berib o‘tishdi.
Tadbir jarayonida institutda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi to‘g‘risida”gi va “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi to‘g‘risida”gi Nizomlarning mazmun-mohiyati xususida talabalarga batafsil ma’lumot berildi.
Shu bilan bir qatorda, tadbir jarayonida talabalarga “Giyohvandlikka qarshi kurashish bugungi kunda har birimizning muhim vazifamizdir” mavzusida atroflicha tushunchalar berilib, ularga Samarqand viloyati IIB Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan “Ajal og‘usi” nomli hujjatli film namoyish etildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain







