Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, yaʼni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotir.
Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining oʻttiz ikki yilligi keng nishonlanmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida boʻlib oʻtgan tadbirda so’zga chiqqan institut rektori Ilhomjon To’xtasinov bugungi kunda ona tilimizning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidlab o’tdi.
Ona tilimizni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar yangragan ushbu tadbirda yoshlar qalbida ona tilimizga muhabbat, milliy va jahon adabiyotini teran nigoh bilan oʻqishga qiziqish uygʻotish, kitobxonlik madaniyatini oshirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain












