O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini kuzatish maqsadida mamlakatimizga kelgan Germaniyaning “GfM Group” korxonasi guruh rahbari Matias Frayling Samarqand davlat chet tillar institutida joylashgan 67-saylov uchastkasida bo‘lib, saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Jarayon davomida Matias Frayling hamda institut rektori Ilhomjon To’xtasinovlar o’rtasida uchrashuv ham tashkil etildi. Uchrashuvda tomonlar o’rtasida mustahkam xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish, kelgusida Germaniyadagi oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qo’shma ta’lim dasturlarini joriy qilish, shuningdek, boshqa sohalarda ham hamkorlikda ish olib borish yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain





