Ertalabki badantarbiya har bir insonga foydali va uni yosh yoki jismoniy rivojlanishdan qat’inazar doimiy ravishda qilish darkor. Ertalabki badantarbiyani bolalikdan o‘zlashtirish lozim, shu bilan foydali ishga odatlaniladi, chunki badantarbiya yurak va o‘pka ishini yaxshilaydi, suyakmushak to‘qimalarini rivojlantiradi, tananing umumiy salomatligini mustahkamlaydi va irodani shakllantirib, intizomga o‘rgatadi.
Sir emaski, ertalabki oddiy badantarbiyadan so‘ng, inson kun mobaynida o‘zini tetik his qilishiga yetarli quvvat oladi – o‘zini his qilish yaxshilanadi, ertalabki badantarbiya go‘yoki tanani «silkitadi» va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi.
Aytish joizki, Samarqand davlat chet tillar institutining Payariq xorijiy tillar fakulteti talabalar turtar joyida har tong erta sahardan turib, talaba-yoshlar birgalikda ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain




