Kameda Toshiyuki Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida faoliyat olib boradi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida xorijiy tillarni o’rganayotgan o’quvchilarning bilimi va tajribasini yanada oshirish hamda mustahkamlash maqsadida qator xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilmoqda.

Xususan, Samarqand davlat chet tillari institutining “Uzoq sharq tillari” kafedrasida yaqinda o’z faoliyatini boshlagan yaponiyalik yapon tili mutaxassisi Kameda Toshiyuki endilikda institutining Akademik litseyida ham o’z faoliyatini davom ettiradi.

Kameda Toshiyuki bugun, 29-oktabr kuni akademik litseyda tahsil oluvchi bir guruh o’quvchilar bilan ilk tanishuv darslarini boshladi. Dars jarayonida mutaxassis o’quvchilarga yapon tili, madaniyati hamda urf-odatlari haqida ma’lumotlar berish barobarida o’quvchilar bilan qizg’in suhbat olib bordi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-29 14:30:00 120