Tyutorlar o’z faoliyatini davom ettirishmoqda

Barchangizga ma’lum, bugungi kunda respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo’lgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham tyutorlik lavozimlari joriy etilgan bo’lib, hozirda ular o’zlarining faoliyatini shijoat bilan davom ettirishmoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutining Sharq tillari fakulteti talabalariga biriktirilgan tyutorlar o’z vakolati doirasida vazifalariga kirishib, dastlabki ishni talabalarni yaqindan o’rganishni boshladilar.

Shuningdek, tyutorlar talabalarning darsgacha bo’lgan ijtimoiy ahvolini o’rganish maqsadida ularning yashash sharoiti bilan tanishishdi hamda ijara uylarida bo’lib, turar joyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilish, kunlarning sovib borayotganligi tufayli tabiiy gaz, elektr energiyasidan to’g’ri foydalanish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-05 09:30:00 123