O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori ijrosini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabatda, umumta’lim maktablarining umumiy metodik va amaliy faoliyatlari nazorati va monitoringi bo‘yicha mas’ul Q.Hakimov ishtirokida institut professor-o’qituvchilari Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi umumta'lim maktablariga borishdi.
Jumladan, jarayon davomida maktablar bilan hamkorlik aloqalarini muntazam davom ettirish borasida hamkorlik shartnomalari imzolandi, o‘qituvchilarning metodik mahorati oshirildi, yangi pedagogik texnologiyalar yordamida mahorat darslari o’tkazildi.
Kelgusida mazkur viloyatlardagi umumta’lim maktablarida xorijiy tillarning o’qitilishini yanada rivojlantirish, kengaytirish va o‘quv rejalarini ishlab chiqish borasida rejalar belgilab olindi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain





