Ilhomjon TO‘XTASINOV: “Chet tillarini targ‘ib qilish orqali sizlarni xorij tajribalari asosida o‘qitish rejalashtirilgan”

Bugun respublikada birinchi marta Samarqandda "O‘zbekiston yoshlari forumi-2021" doirasida xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib etish bo‘yicha “Chet tillari forumi"ga start berildi.

Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi yoshlar markazida viloyat mutasaddilari, xorijlik ekspertlar va talaba-yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Unda xorijiy tillarni o‘rganuvchilar uchun "Cambridge English" imtihonlari, yoshlarning chet tillarida fikrlashi hamda til bilish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida gap bordi.

– Yoshlar o‘rtasida chet tillarini targ‘ib qilish orqali ularning kompetensiyaviy ko‘nikmalarini  shakllantirish va xorij tajribalari asosida o‘qitish rejalashtirilgan, – deydi Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov. – Forum doirasida ishtirokchilar besh yo‘nalish bo‘yicha belgilangan joylarda chet tillarini o‘rganish uchun yangi qo‘llanmalar va taqdimotlarda ishtirok etadi. Shuningdek, bilimlarini testlarda sinovdan o‘tkazadi va bilimli yoshlar taqdirlanib, imtiyozlar beriladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-18 18:30:00 135