Bugun, 24-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutining faollar zalida Roman-german tillari fakulteti “Ispan va italyan tillari” kafedrasida faoliyat yuritayotgan xorijiy mutaxasislar Jesus Gregorio va Jaime Fernandezlar tashabbusi bilan “Ispan tili va madaniyati yoxud Yangi yil oqshomi” mavzusidagi 1 oylik seminar-trening va turli xil tanlovlarning yakuniy bosqichi festival tarzida tashkil etildi.
Festivalda “Ispan va italyan tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, ispan tili yo‘nalishida tahsil oluvchi talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari, bir oy davomida mazkur kafedra o‘qituvchilari va talabalari yordamida xayriya tarzida yig‘ilgan oziq-ovqat mahsulotlari va turli-xil bolalar o‘yinchoqlari hayriya tashkiloti vakili valantyor Andreyga tantanali topshirildi.
Shuningdek, jarayon davomida talabalar tomonidan tayyorlangan italyancha va ispancha qo‘shiq hamda raqslar ijro etildi. Shu bilan birgalikda, tanlov ishtirok etib, g‘olib bo‘lganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar. “Ispan va italyan tillari” kafedrasi jamoasi barchani Yangi yil bayrami bilan chin dildan tabriklab, festivalni yakunlashdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain







