Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2021-yilning 24-dekabrida yurtimizdagi 35 ta oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini rivojlantirish borasida “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 61-sonli va “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 60-sonli qarorlari qabul qilindi.
Shu munosabatda bugun, 10-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda qarorlar mazmun-mohiyati sinchkovlik bilan o’rganib chiqilib, institut yillik faoliyatini belgilovchi Konsepsiya ishlab chiqish bilan bir qatorda qarorlar ijrosi yuzasidan yo’l xaritalar va kelgusida qilinishi lozim bo’lgan vazifalar ham belgilab olindi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain








