Xorijiy tillarni mukammal bilgan kishi ko’p tomonlama imkoniyatlarga ega bo’ladi. Shu bois bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari tomonidan Oqdaryo tumanida xorijiy til o’qituvchilari uchun mahorat darslari o’tkazildi.
Mahorat darslari quyidagi mavzular yuzasidan olib borildi:
— “Umumiy o’rta ta’lim maktablarda qiziqarli darsni tayyorlash va o'tkazish sirlari”. (Q.Hakimov)
— “Ingliz tilini oʻrgatishda zamonaviy lingvistik yoʻnalishlar ahamiyati”. (S.Shodiyev)
— “Teaching speaking to young ESL learners”. (M.Porsayeva)
— “Suggested projects for elementary efl learners”. (G’.Tursunov)
— “Xorijiy tillarni o’rganish bo’yicha xalqaro sertifikatlarga erishishning samarali usullari”. (B.Abdurazzoqov)
— “Dars jarayonida qo’llaniladigan interfaol metodlar”. (Sh.Qarshiyev)
— “Xorijiy til o‘rganuvchilarining onlayn platformalar orqali til ko’nikmalarini rivojlantirishda motivatsion metodlar”. (A.Amonov)
Jarayon davomida amaliy va nazariy bilimlar borasida tajriba almashinildi. Xorijiy til o‘qituvchilari bilan birgalikda olib borilgan mahorat darslarida zamonaviy ta’lim berish metodikalarini fan sohasidagi onlayn platformalarida o’tkaziladigan dars jarayonida ham samarali qo’llash borasida ko’rsatmalar berildi. Jarayon so’ngida Oqdaryo tumani xalq ta’limi bo’limi va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida metodik jihatdan hamkorlik shartnomasi tuzildi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
