Samarqand davlat chet tillar institutida 2026-yil 27-oktabr kuni talaba va magistrlar uchun “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining oliygoh bosqichi bo‘ladi.
Tanlovda ishtirokchilarning kreativ g‘oyalari institut saralash komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va eng yaxshi deb topilgan 3 ta g‘oya tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etiladi.
Saralashdan o‘tgan loyihalar Respublika tanlov komissiyasi oldida himoya qilinadi va g‘oliblar aniqlanadi.
Grantlar (Respublika miqyosida jami 300 mln so‘m) bo‘lib, 1-o‘rin (1 ta loyiha) – 100 mln so‘m, 2-o‘rin (2 ta loyiha) – 50 mln so‘mdan hamda 3-o‘rin (4 ta loyiha) – 25 mln so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar ism-familiya va taqdimot (prezentatsiya) ishlarini Telegramdagi @abdu_r01 profiliga yuborishlari lozim. Bir talaba muallif sifatida faqat 1 ta loyiha bilan, jamoa a’zosi sifatida esa ko‘pi bilan 2 ta loyiha bilan qatnashishi mumkin.
Loyihalar institut saralash komissiyasi qarshisida taqdimot (prezentatsiya) shaklida himoya qilinadi.
G‘oliblar 2027-yil yanvar oyining oxirgi 10 kunligida taqdirlanishadi hamda venchur fondlar, investorlar va akseleratorlar bilan tanishtiriladi.
Batafsil ma'lumotni Tanlov nizomi orqali olishingiz mumkin.
Samarqad davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
