Davlat rahbari tomonidan joriy etilgan besh muhim tashabbus doirasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim tadbirlar o‘tkazilib, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Barchamizga ma’lumki, besh tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalariga qaratilgan. Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida har hafta “Bir asar muhokamasi” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.
Navbatdagi davra suhbatida talabalar Ahmad Lutfiy Qozonchining “O‘gay ona” asari yuzasidan fikr-mulohazalar almashishdi. Muhokama jarayonida institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.G’aybullayev hamda talabalarni turar joy bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig’i B.Aliqulovlar ham ishtirok etishdi va asar haqida o‘zlarining fikrlarini bayon qilishdi.
Bu kabi tadbirlar kelajak yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish hamda kitobxonlik salohiyatini yuksaltirishga yaqindan yordam beradi.
.jpg)





SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
