2022-yilning 1-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida Sharq tillari fakulteti tomonidan “24-yapon tili notiqlik san’ati” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Rektor nutqidan parcha
Institutda har yili an’anaviy tarzda “Yapon tili notiqliq san’ati” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib kelinadi. Bu tanlovda talabalarimiz o‘zlarining yapon tili bilimlarini namoyish etishadi. Tanlov talabalarimizni yapon tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi degan umiddaman.
Talabalarimizga hozirda yapon tilidan saboq berib kelayotgan avstraliyalik o‘qituvchimiz Chixaru Surutani xonimga hamda yaponiyalik o‘qituvchimiz janob Komeda Toshiyukilarga alohida minnatdorchilik bildiraman!
Bugungi tanlov g‘oliblari 26-mart kuni tashkil etiladigan “Yapon tili notiqliq san’ati” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Mana shunday sharafli va mas’uliyatli vazifani uddalashingizga ishonaman va zafarlar istab qolaman.
“24-yapon tili notiqlik san’ati” tanlovida 10 nafar tanlov ishtirokchilari, professor-o’qituvchilar, talabalar hamda barcha qiziquvchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko’rsatib kelayotgan xorijlik yapon tili mutaxassislari hamda mahalliy yapon tili o’qituvchilari hakamlik qilishdi.
Tanlov natijalariga ko’ra ishtirokchilardan Javohir Shahobov, Feruz Asliyev, Temur Mavlonov hamda Visola Shuhratovalar “Yapon tili notiqlik san’ati” tanlovining respublika boshqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdilar.




















English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
