Talabalar uchun tashkil etilgan bepul IELTS kurslarining navbatdagi dars mashg'ulotlari bo’lib o’tdi

 

Talabalarga yetarli darajada imkoniyat va qulayliklar yaratib berish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash borasida hukumatimiz rahbari tomonidan respublikamizda qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini kitobxonlikka, sport to’garaklariga, shuningdek, hunarmandchilik va xorijiy tillarni o’rganish kabi  mashg’ulotlarga jalb etish borasida tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan.

Xabaringiz bor, joriy yilning 25-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov tashabbusi bilan talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar uchun bepul IELTS kurslari tashkil etilganligi to’g’risida xabar bergan edik.

Bugun, 2-mart kuni mazkur IELTS kursining navbatdagi dars mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. Unda 60 ga yaqin tinglovchilar ishtirok etishib, kurs rahbari Parviz Ismatulloyevdan til bilish darajasiga ega bo’lishda asosiy tushuncha va ko’rsatmalarni olishdi.

Eslatib o’tamiz, tashkil etilgan bepul IELTS kurslariga talabalar o’zlari kelib, ishtirok etishib, ta’lim va bilim olishlari mumkin. Darslar muntazam tashkil etilib, haftaning har chorshanba kuni kechki soat 18:30 da institutning bosh binosida bo’lib o’tadi.

Share:
2022-03-17 11:06:24 137