Ijarada turuvchi talabalarga talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamasligi tushuntirildi

Talabalarga yetarli darajada imkoniyat va qulayliklar yaratib berish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash borasida hukumatimiz rahbari tomonidan respublikamizda qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini kitobxonlikka, turli xil tanlovlarga, “Zakovat” o‘yinlari, “Bir asar muhokamasi” loyihasi, shuningdek, “Shaxmat” va “Shashka” kabi sport to‘garaklari hamda xorijiy tillarni o‘rganish kabi mashg‘ulotlarga jalb etish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu amaliy ishlar doirasiga ijarada turuvchi talabalarni ham jalb etish hamda ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida institutning talabalarni turar joy bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i B.Aliqulov, profilaktika inspektori O.Eshmurodov hamda Ingliz tili-I fakulteti tyutori Sh.Turobovlar birgalikda talabalar bilan uchrashishdi.

Jarayon davomida talabalarga yashash joylaridagi texnika va gigiyena qoidalariga rioya qilishlari lozimligi, o‘quv jarayonlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lishlari hamda turli xil xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkazilaytgan tanlovlarda ishtirok etish kerakligi kabi tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, jarayon davomida ijarada turuvchi talabalar ijara to‘lovlarining bir qismini to‘lab berish tizimining mavjudligi va bu borada ijara shartnomasini tuzish joizligi hamda asosiysi bunda ijaraga beruvchi ham, ijarada turuvchi ham ortiqcha to‘lovlar qilmasligi, ya’ni daromad solig‘i to‘lamasligi kabilar ham ta’kidlab o‘tildi.

Share:
2022-03-17 11:17:53 137