Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari faoliyati bo‘yicha tahliliy-tanqidiy o‘rganish jarayonlari boshlanganligi to’g’risida xabar bergan edik.
Kunning ikkinchi yarmida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi Abdurahim Nasirov ishtirokidagi ishchi guruh vakillari Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlar faoliyatini tahliliy o‘rgandi.
Jarayonda Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik lavozimi joriy etilganligi ta’kidlab o’tilib, tyutorlarning talabalar bilan birgalikda amalga oshirayotgan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlari, talabalar turar joylarining o’rganilish holati, ularning samarali faoliyat yuritishi, talabalar bilan yanada ko’proq shug’ullanib, ularning yangi qirralarini kashf etishlari, o’z iste’dodlarini namoyon etishida ko’maklashishlari zarurligi to’g’risida fikr va mulohazalar bildirildi.









English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
