Ishchi guruh institutda olib borilayotgan qurilish va ta’mirdan chiqarish ishlari bilan yaqindan tanishdi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ishchi guruhi  Samarqand davlat chet tillar institutida olib borilayotgan qurilish va ta’mirdan chiqarish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumot uchun, Samarqand davlat chet tillar institutining Sharq tillari hamda Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetlari Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 43-uy manzilida joylashgan bo’lib, unda mavjud va foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosi to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarildi. Mazkur o’quv binosi yaqin kunlarda foydalanishga topshirish arafsida turibdi.

Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi Abdurahim Nasirov ishtirokidagi ishchi guruh vakillari ushbu o’quv binosining har tomonlama tayyorgarlik holatini o’rganish maqsadida jarayonni ko’zdan kechirishdi. Hozirda qulish jarayoni davom etayotgan 500 o’rinli talabalar turar joyi va 3 qavatli ARM binosi, shuningdek, qayta ta’mirdan chiqarilayotgan 300 o’rinli talabalar turar joyi hamda qurilish ishlari boshlab yuborilgan 1500 o’rinli o’quv binosi shular jumlasidandir.

Share:
2022-03-17 11:52:39 147